“Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyati Muborak IES filialida ham 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, shu kunlarda korxonada “O‘zenergosozlash” mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari bilan hamkorlikda mavjud sanoat akkumulyatorlarini quvvatlantirish agregatlari texnik ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlardan ko‘zlangan maqsad mavsum davomida korxonada favqulodda to‘xtashlarning oldini olish orqali ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashdan iborat.