Tabiatni muxofaza qilish ishlari va sanoat sanitariya bo’limi (TMQIvaSSB)
«Oʼzenergosozlash» MChJ tarkibiga kiruvchi «Tabiatni muhofaza qilish va sanoat sanitariya boʼlimi» (TMQI va SSB), 1989 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda, ushbu boʼlim avval energetika tizimiga kiruvchi barcha PTES, MES, TES, TETs, GES larga oʼz xizmatlarini amalga oshirib kelgan, shuni inobatga olgan holda sizdan, «Hududiy Elektr Tarmoqlari» АJ ning barcha filiallariga quyidagi ekologik meʼyoriy loyihalarni ishlab chiqish imkoniyatiga ega:
BO'LIM MUTAXASSISLARI MUHTITINI MEZORLASH LOYIHALARINI ISHLAB CHIQISH BO'YICHA ISHLARNI BAJARADI:
● Аtrof muhitga taʼsir koʼrsatilishi toʼgʼrisidagi bayonot loyihasi – (ZVOS);
● Ekologik oqibatlar toʼgʼrisidagi bayonot loyihasi – (ZEP).
● Аtrof muhitga chiqariladigan zararli ifloslangan chiqindilarining meʼyoriy loyihasini ishlab chiqish – (PDO);
● Аtrof muhitga chiqariladigan zararli ifloslangan havo meʼyoriy loyihasini ishlab chiqish – (PDV);
● Аtrof muhitga chiqariladigan zararli ifloslangan tashlama suv meʼyoriy loyihasini ishlab chiqish – (PDS);
● Suvdan maxsus foydalanish ekologik loyihalarini ishlab chiqish – (RSV);
● Kommunal ekologik normativ – (KEN);
Mazkur loyihalarni ishlab chiqishda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 sentyabrdagi №541 sonli qaroriga, hamda Oʼzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muxitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi koʼrsatmalari va topshiriqlariga amal qilinadi.
«Oʼzenergosozlash» MChJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan ekologik loyihalarning Xulosasi 5 yil muddatga Oʼzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muxitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligining «Davlat ekologik ekspertizasi markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan beriladi.
Ekologik loyihalari oʼz vaqtida ishlab chiqilmagan korxona va tashkilotlar uchun Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʼzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligining «Davlat ekologik ekspertizasi markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan qonun va qarorlarida belgilangan ravishda maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Bundan tashqari ekologik loyihalari boʼlmagan, loyihani amal qilish muddati oʼtib ketgan tashkilot va korxonalar uchun Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 apreldagi №202 sonli qarorga asosan tashlamalar miqdori 20 barobar koeffitsient oshirilishi bilan xisob qilinadi, bu esa oʼz navbatida korxona uchun katta iqtisodiy zararni olib kelishiga sabab boʼladi.
Yuqoridagi ishlarni amalga oshirishda, «Oʼzenergosozlash» MChJ oʼz xizmatlarini taklif etadi.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве