“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning barcha filiallarida 2023-2024 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shu kunlarda “O‘zenergosozlash” mas’uliyati cheklangan jamiyatining loyiha-geodeziya va maxsus sexi mutaxassislari quvvati 17 MVt bo‘lgan gaz turbinali stansiyasi poydevorining holatini o‘rganmoqda.
Shu bilan birga, qurilma bilan bog'liq bo'lgan bino va inshootlarning texnik holati, shikastlanish va deformatsiya sabablari va xizmat ko'rsatish darajasi baholanadi.