Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxasislari “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan “Farg‘ona IEM” filialining 6/35/100 kV sistema shinlarida elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash va muvofiqlikni baholash bo‘yicha ishlarni olib bordilar.
Ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad — iste’molchilar uchun sifatli, barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarish va elektr energiyasini yetkazib berishda samaradorlikka erishishdan iborat.