Korxona xodimlari stansiyalarda barcha elektr qurilmalari, releli himoya tizimi, transformatorlar, moy va suv kimyoviy tahlil jarayonlarida ish olib boradi.
Korxonaning loyihalash, geodeziya va maxsus ishlar sexi ishchi-guruhi Navoiy IES 450 MVt va 478 MVt quvvatga ega zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bino va inshootlarining poydevorlari holatini o‘rgandi.
Ma’lumot uchun, toifalangan obyektlar ro‘yxatiga kiruvchi ishlab chiqarish binolari va inshootlari har besh yilda instrumental tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Xususan, Muborak IEMda “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari ishtirokida korxonaning suv, bug‘, gaz, moylarning kimyoviy tahlillari bo‘yicha hamkorlikdagi tekshiruv nazorat ishlari o‘tkazildi.
Ushbu ishlar natijasida qurilmalarning barqaror ishlashi ta’minlanmoqda.
Xususan, korxona mutaxassislari tomonidan Muborak IEMda energiya resurslari iste’molchilarini energiya auditidan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, korxona mutaxassislari tomonidan Muborak IEMda energiya resurslari iste’molchilarini energiya auditidan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
Bu kabi ishlar natijasida uskunalarning ishonchlilik darajasi ortadi hamda aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi ishlab chiqarilishi ta’minlanadi.