Korxona xodimlari stansiyalarda barcha elektr qurilmalari, releli himoya tizimi, transformatorlar, moy va suv kimyoviy tahlil jarayonlarida ish olib boradi.
Korxonaning loyihalash, geodeziya va maxsus ishlar sexi ishchi-guruhi Navoiy IES 450 MVt va 478 MVt quvvatga ega zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bino va inshootlarining poydevorlari holatini o‘rgandi.
Ma’lumot uchun, toifalangan obyektlar ro‘yxatiga kiruvchi ishlab chiqarish binolari va inshootlari har besh yilda instrumental tekshiruvdan o‘tkaziladi.