“O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari stansiyalarda generatsiya jarayonlari uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muntazam olib borishmoqda.
Korxona xodimlari stansiyalarda elektr qurilmalari, releli himoya tizimi, transformatorlar va suv-kimyo jarayonlarini hamkorlikda nazorat qilib borishmoqda.
Xususan, korxonaning suv, bug‘, gaz, moy laboratoriyalari kimyoviy tahlillari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida qurilmalarning barqaror ishlashiga, mavsumda ishlab chiqarish uzluksizligi ta’minlanishiga erishiladi.