Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ loyihalash, geodeziya va maxsus ishlar sexi mutaxassislari tomonidan markaz bino va inshootlari poydevorlari joriy holati nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Bunda energoqurilmalarga tegishli bino va inshootlarning texnik holatini baholash, shikastlanish va deformatsiya holatlarining kelib chiqishi sabablari, ekspluatatsion yaroqlilik darajasi aniqlanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, geodeziya monitoringgi favqulodda avariyaviy holatlarning oldini olishga va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.