O'zenergosozlash

19 Mar, 2025
Posted by admin
0 comment

“O’zenergosozlash” MChJ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston energetika neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari S.To’xtayev, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ birlashgan kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Rustamov, rais o’rinbosari T.Bekmirzayev va taklif etilgan delegatlar ishtirok etdi.

Dastlab, korxona boshlang‘ich kasaba uyushmasining besh yillik hisoboti tinglandi va hisobot davridagi faoliyati “qoniqarli” deb baholandi.

Hisonot-saylov natijalariga ko‘ra, “O’zenergosozlash” MChJ boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi A.Mirhamedovga ishonch bildirilib, qo‘mita raisligiga qayta saylandi.

Konferensiya so‘ngida kasaba uyushma qo‘mitasi va taftish komissiyasi a’zolarining yangi tarkibi hamda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ birlashgan kasaba uyushma tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar ham saylandi.

Kasaba uyushma qo’mitasining kelgusi ustovor vazifalari belgilab olindi.

Контакты

Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве

Связаться

Время работы

ЗАКАЗАТЬ ЗВОНОК

Вам перезвонят в самое ближайшее время