Jarayon davomida joriy va mukammal ta’mirlash, sozlash ishlari reja-jadval asosida olib borilmoqda.
Jumladan, “O‘zenergosozlash” MChJ Rele himoya va avtomatika sexi mutaxassislari Muborak IEM ochiq taqsimlash qurilmalari umumiy panellarida sozlash ishlarini olib bordilar.
Bundan tashqari, himoya avtomatikalarida joriy ta’mirlash va profilaktika ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Hamisha do‘stlar, yaqinlar va hamkasblaringiz ardog‘ida bo‘lib yuring! Kelgusi ishlaringizda omad va zafarlar Sizga yo‘ldosh bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz yana bir bor muborak bo‘lsin!
“O‘zenergosozlash” MChJ loyihalash, geodeziya va maxsus ishlari syexi mutaxassislari tomonidan “Muborak IEM” filialida belgilangan reja-jadval asosida texnik ishlar olib borilmoqda.
Xususan, elektr syexiga qarashli moy xo‘jaligidagi moy saqlash rezervuarlari va ularga tutash moy quvurlari graduirovka qilinmoqda. Shuningdek, mazkur jihozlar bo‘yicha kalibrlash jadvallari tuzilib, ish jarayoni yuqori mas’uliyat va aniqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Bu kabi ishlar korxonaning ishonchli va samarali faoliyat yuritishini ta’minlashga qaratilgan.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ geodezik va maxsus ishlar sexi mutaxassislari tomonidan “Sirdaryo IES” bino va inshootlari navbatdagi tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Tekshiruv ishlarida bino va inshootlarning umumiy holati, poydevori mustahkamligi kabi asosiy yo‘nalishlarda ish olib borilmoqda.
Shuningdek, “O‘zenergosozlash” korxonasining kadastr xizmati mutaxassislari mazkur elektr stansiyasi tasarrufidagi yerlardan foydalanishni tartibga solish yo‘nalishida ham muhim ishlarni olib bordilar.