Xususan, elektr energiyasining oqimlari va balansini aniqlash tartibi hamda uslubiyatini ishlab chiqishda texnik ko‘mak berildi.
Mazkur ishlar belgilangan reja asosida amalga oshirilib, asosiy maqsad – elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish jarayonida hisob-kitoblarni o‘z vaqtida va haqqoniy yuritishga erishishdir.
Bu esa, o‘z navbatida, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, elektr uskunalarining tejamkor va ishonchli rejimda ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
“O‘zenergosozlash” MChJ metall va bug‘ quvurlari sexi mutaxassislari tomonidan elektr stansiyalarida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “To‘raqo‘rg‘on IES” bug‘-gaz qurilmalari bug‘ quvurlarining texnik me’moriy talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
O‘rganish davomida energoqurilmalar bug‘ quvurlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida bug‘ quvurlari texnik holati nazoratdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.
Jumladan, ta’minot suvidagi erkin karbonat angidridni zararsizlantirish, ta’minot suvi qiymatini oshirish va ekran quvurlarining ichki yuzasini korroziyalanish tezligini pasaytirish maqsadida Akvaprotek – 100 kimyoviy reagentini ta’minot suviga kiritish bo‘yicha sozlash va tekshirish ishlari olib borildi.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ elektr jarayonlarini avtomatlashtirish va rostlash sexi mutaxassislari tomonidan stansiyalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “Angren IES” AJ 5,6-sonli turbogeneratorlarining EPA-305 rusumli qo‘zg‘atishni avtomatik rostlash tizimini profilaktik sozlash ishlari amalga oshirildi.
Buning natijasida ushbu qurilmalarning kuz-qish mavsumida barqaror va betalofat ishlashi ta’minlanadi.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MCHJ korxonasi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
Bu galgi ko‘chat ekish ishlari ham yurtimizning yashil maydonlarini kengaytirishga qaratildi.
Korxona xodimlari Yakkasaroy tumanidagi Toshkent IEMning bo‘sh yer maydonlariga jami 300 tub manzarali shamshod ko‘chatlarini o‘tqazdilar.
Ma’lumot uchun: “O‘zenergosozlash” MCHJ xodimlari tomonidan bahor mavsumida ham turli hududlarda ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, bunday tashabbuslar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.
“Taxiatosh IES” AJda 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida quvvati 280 MVt bo‘lgan 1-sonli bug‘-gaz qurilmasida inspeksiya ishlari olib borilmoqda.
9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan issiqlik elektr stansiyalari korxonalarida tizimida faxriy energetiklarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yana bir bor o‘z ifodasini topdi.
Jumladan, “O‘zenergosozlash” korxonasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy energetiklar holidan xabar olinib, samimiy suhbat va esdalik sovg‘alari ulashildi.
Xabar berganimizdek, Navoiy IESning 450 MVt quvvatga ega zamonaviy bug‘-gaz qurilmasida asosiy ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etmagan holda inspeksiya tadbirlari davom etmoqda.
Inspeksiya jarayonlarini mukammal bajarilishini ta’minlash maqsadida Yaponiyaning “Mitsubishi Generator” kompaniyasi, “O‘zbekenergota’mir” AJ va “O‘znergosozlash” MChJ mutaxassislari jalb etilgan.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ Metrologiya va asboblarni ta’mirlash bo‘limi xodimlari tomonidan bug‘-gaz qurilmasini me’yoriy ko‘rsatkichlarga moslash ishlari olib borildi.
Bunda qurilmaga qarashli quvvat transformatori, issiqlik o‘lchov vositalari to‘liq qiyoslashdan o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Inspeksiya ishlari joriy yil 11-may sanasiga qadar tugatilib, qurilma energotizimga elektr energiyasi uzatishni boshlash belgilangan.