Xususan, elektr energiyasining oqimlari va balansini aniqlash tartibi hamda uslubiyatini ishlab chiqishda texnik ko‘mak berildi.
Mazkur ishlar belgilangan reja asosida amalga oshirilib, asosiy maqsad – elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish jarayonida hisob-kitoblarni o‘z vaqtida va haqqoniy yuritishga erishishdir.
Bu esa, o‘z navbatida, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, elektr uskunalarining tejamkor va ishonchli rejimda ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.