Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ elektr jarayonlarini avtomatlashtirish va rostlash sexi mutaxassislari tomonidan stansiyalarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, “Angren IES” AJ 5,6-sonli turbogeneratorlarining EPA-305 rusumli qo‘zg‘atishni avtomatik rostlash tizimini profilaktik sozlash ishlari amalga oshirildi.
Buning natijasida ushbu qurilmalarning kuz-qish mavsumida barqaror va betalofat ishlashi ta’minlanadi.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MCHJ korxonasi xodimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
Bu galgi ko‘chat ekish ishlari ham yurtimizning yashil maydonlarini kengaytirishga qaratildi.
Korxona xodimlari Yakkasaroy tumanidagi Toshkent IEMning bo‘sh yer maydonlariga jami 300 tub manzarali shamshod ko‘chatlarini o‘tqazdilar.
Ma’lumot uchun: “O‘zenergosozlash” MCHJ xodimlari tomonidan bahor mavsumida ham turli hududlarda ko‘chat ekish ishlari amalga oshirilgan bo‘lib, bunday tashabbuslar muntazam ravishda davom ettirilmoqda.