Xabar berganimizdek, Navoiy IESning 450 MVt quvvatga ega zamonaviy bug‘-gaz qurilmasida asosiy ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir etmagan holda inspeksiya tadbirlari davom etmoqda.
Inspeksiya jarayonlarini mukammal bajarilishini ta’minlash maqsadida Yaponiyaning “Mitsubishi Generator” kompaniyasi, “O‘zbekenergota’mir” AJ va “O‘znergosozlash” MChJ mutaxassislari jalb etilgan.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ Metrologiya va asboblarni ta’mirlash bo‘limi xodimlari tomonidan bug‘-gaz qurilmasini me’yoriy ko‘rsatkichlarga moslash ishlari olib borildi.
Bunda qurilmaga qarashli quvvat transformatori, issiqlik o‘lchov vositalari to‘liq qiyoslashdan o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Inspeksiya ishlari joriy yil 11-may sanasiga qadar tugatilib, qurilma energotizimga elektr energiyasi uzatishni boshlash belgilangan.