Hamkorlikda olib borilgan ishlar davomida 6/220 kV sistema shinlarida elektr energiyasining sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchandi va muvofiqligi baholandi.
Ushbu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – iste’molchilar uchun sifatli, barqaror elektr energiyasi ishlab chiqarish va yetkazib berishda samaradorlikka erishishdan iboratdir.
Xususan, “O‘zenregosozlash” MChJ mutaxassislari “Angren IES” AJ 150 MVt quvvatga ega 10-sonli energoblokida nazorat tadbirlarini olib bordilar.
Bunda energoblok bug‘ quvurlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida bug‘ quvurlari texnik holati nazoratdan o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun, ushbu energoblok iste’molchilar uchun barqaror ravishda energotizimga elektr energiyasini uzatmoqda.
Xususan, Taxiatosh IES gidrotexnika sexi eski o‘zan kiruvchi kanalining loy va cho‘kindilardan tozalash ishlaridan oldingi holati ko‘zdan kechirildi.
Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad – texnik me’yorlardan tashqari holatlar, xususan cho‘kishlarning oldini olish va mustahkamlikni ta’minlash hamda sirkulyatsion suv ta’minoti tizimi samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Ushbu ishlar energobloklarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda holatlarning oldini olish va bir maromda ishlashiga xizmat qiladi.
“O‘zenergosozlash” MCHJ metrologiya xizmati mutaxassislari tomonidan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Sirdaryo IES filiali qurilmalarida qiyoslov ishlarini olib borishmoqda.
Fargʻona issiqlik elektr markazining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni to‘liq amalga oshirish hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida markazning ochiq taqsimlash qurilmalarida rejadagi joriy profilaktika va oʻlchov ishlari amalga oshirildi.
Bunda “O‘zenergosozlash” MCHJning malakali mutaxassislari hamkorligida korxonaning 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalaridagi elegaz oʻchirgichlari profilaktik tekshiruvdan o‘tkazildi.
Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli o‘lchov transformatorlari va ajratkichlar ko‘zdan kechirilib, zarur o‘lchash va tozalash va boshqa texnik ishlar bajarildi.
Reja asosida olib borilgan ishlardan ko‘zlangan maqsad – ushbu elektr uskunalarning kuz-qish mavsumida ishonchli ishlashini ta‘minlashdan iborat.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ metall va bug‘ quvurlari sexi mutaxassislari tomonidan “Tolimarjon IES” AJ energoqurilmalari ishonchli ishlashi bo‘yicha sozlash ishlari olib borildi.
Bunda elektr stansiyasidagi bug‘ quvurlarining texnik me’moriy talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
Yuqori va o‘ta kritik bosimli qurilmalarni o‘rnatish va ishga tushirishdan oldin metall holati o’rganildi, ta’mirlash jarayonida metall va payvand choklarini nazorat qilindi hamda metall holatidagi o‘zgarishlar tekshirildi.
Aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Farg‘ona IEM filialida ham 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Xususan, A.Qodiriy mavzesidagi 7 MVt quvvatga ega energotejamkor gaz-turbinasi qurilmasining asosiy releli himoya va avtomatika uskunasi nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.
Zero, mamlakatimiz taraqqiyoti har tomonlama o‘sib-o‘nib kelayotgan navqiron avlodning ta’lim tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyati, shuningdek, jismoniy barkamolligi bilan chambarchas bog‘liq.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ tomonidan yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi ishtirokini oshirish, ularni ham ma’nan, ham jismonan yetukligiga erishish maqsadida yoshlar ishtirokida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.