Fargʻona issiqlik elektr markazining uzluksiz va barqaror ishlashini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni to‘liq amalga oshirish hamda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida markazning ochiq taqsimlash qurilmalarida rejadagi joriy profilaktika va oʻlchov ishlari amalga oshirildi.
Bunda “O‘zenergosozlash” MCHJning malakali mutaxassislari hamkorligida korxonaning 110 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalaridagi elegaz oʻchirgichlari profilaktik tekshiruvdan o‘tkazildi.
Shuningdek, soha mutaxassislari tomonidan 110 kV kuchlanishli o‘lchov transformatorlari va ajratkichlar ko‘zdan kechirilib, zarur o‘lchash va tozalash va boshqa texnik ishlar bajarildi.
Reja asosida olib borilgan ishlardan ko‘zlangan maqsad – ushbu elektr uskunalarning kuz-qish mavsumida ishonchli ishlashini ta‘minlashdan iborat.