Xususan, “O‘zenregosozlash” MChJ mutaxassislari “Angren IES” AJ 150 MVt quvvatga ega 10-sonli energoblokida nazorat tadbirlarini olib bordilar.
Bunda energoblok bug‘ quvurlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida bug‘ quvurlari texnik holati nazoratdan o‘tkazilib, kerakli tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ma’lumot uchun, ushbu energoblok iste’molchilar uchun barqaror ravishda energotizimga elektr energiyasini uzatmoqda.
Xususan, Taxiatosh IES gidrotexnika sexi eski o‘zan kiruvchi kanalining loy va cho‘kindilardan tozalash ishlaridan oldingi holati ko‘zdan kechirildi.
Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad – texnik me’yorlardan tashqari holatlar, xususan cho‘kishlarning oldini olish va mustahkamlikni ta’minlash hamda sirkulyatsion suv ta’minoti tizimi samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Ushbu ishlar energobloklarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda holatlarning oldini olish va bir maromda ishlashiga xizmat qiladi.