“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Farg‘ona IEM filialida ham 2025-2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Xususan, A.Qodiriy mavzesidagi 7 MVt quvvatga ega energotejamkor gaz-turbinasi qurilmasining asosiy releli himoya va avtomatika uskunasi nazorat ko‘rigidan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan bartaraf etilmoqda.