Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ metall va bug‘ quvurlari sexi mutaxassislari tomonidan “Tolimarjon IES” AJ energoqurilmalari ishonchli ishlashi bo‘yicha sozlash ishlari olib borildi.
Bunda elektr stansiyasidagi bug‘ quvurlarining texnik me’moriy talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
Yuqori va o‘ta kritik bosimli qurilmalarni o‘rnatish va ishga tushirishdan oldin metall holati o’rganildi, ta’mirlash jarayonida metall va payvand choklarini nazorat qilindi hamda metall holatidagi o‘zgarishlar tekshirildi.
Aniqlangan kamchiliklar mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida bartaraf etildi.