Home / “O‘zenergosozlash” MCHJ metall va bug‘ quvurlari sexi mutaxassislari tomonidan elektr stansiyalarida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
04 Iyul, 2025
Posted by admin
0 comment
“O‘zenergosozlash” MCHJ metall va bug‘ quvurlari sexi mutaxassislari tomonidan elektr stansiyalarida rejali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, “Angren IES” AJ bug‘ quvurlarining texnik me’moriy talablariga muvofiqligi o‘rganildi. O‘rganish davomida energoqurilmalar bug‘ quvurlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida bug‘ quvurlari texnik holati nazoratdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar ishlab chiqildi.
Suvdan maxsus foydalanish va iste’mol qilish me’yoriy hujjatini ishlab chiqish doirasida Farg‘ona IEM filialida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Unda “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari hamkorligida yuqorida keltirilgan ekologik loyihalarini ishlab chiqish uchun ma’lumotlar yig‘ish jarayonlari davom etmoqda.
Bu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – ekologik loyihalarni o‘rnatish va bu bilan ekologik holatni yaxshilash va ishlab chiqarishdagi zararli oqibatlarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirishdan iboratdir.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве