O'zenergosozlash

15 Sen, 2025
Posted by admin
0 comment

2025–2026-yillar kuz–qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish doirasida Muborak IEMda reja-jadval asosida qator profilaktik va nazorat ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, korxonada “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari hamkorligida elektr energiyasi hisobini yurituvchi elektron hisoblagichlar navbatdagi rejaviy tekshiruvdan o‘tkazildi.

Mazkur jarayon hisoblagichlarning texnik holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish, ularning ko‘rsatkichlarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu kuz–qish mavsumida elektr energiyasi sarfi va taqsimotini to‘liq hamda xatosiz yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday rejali ishlar korxona energouskunalarining uzluksiz va samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini kafolatlashga xizmat qiladi.

Контакты

Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве

Связаться

Время работы

ЗАКАЗАТЬ ЗВОНОК

Вам перезвонят в самое ближайшее время