O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati, filiallari va tizim korxonalarida bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning kelajagi uchun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Toshkent IEM, Angren IES, Farg‘ona IEM va “O‘zenergosozlash” MChJda faoliyat yuritayotgan xodimlarning bu yil ilk bor maktabga qadam qo‘yayotgan farzandlariga o‘quv qurollari jamlanmasi va esdalik sovg‘alari topshirildi..
Mazkur tashabbuslar xodimlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, bolalarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida olib borilmoqda.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве