Home / 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda
20 Okt, 2025
Posted by admin
0 comment
2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda
Kuz-qish mavsumida energiya ta’minotida barqarorlikni ta’minlash maqsadida Navoiy IES 4-sonli energoblokida o‘rta ta’mirlash ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, blok generatorining himoya qilish qurilmalari “O‘zenergosozlash” mutaxassislari tomonidan belgilangan talablar asosida to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. (https://tpp.uz/oz/news/2025-2026-yillar-kuz-qish-mavsumiga-tayyorgarlik-ishlari-jadal-davom-etmoqda)
Ushbu ishlar har 3 yilda bir marta to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, asosiy maqsad — energoblokning uzluksiz va ishonchli faoliyatini ta’minlashdir.
Shu bilan birga, energoblokning qozon qurilmasida bajarilgan ta’mirlash va sozlash ishlari kompleks nazoratga olingan. Ishchi-guruh tomonidan qurilmaning texnik holati va sozligini ta’minlash yuzasidan doimiy monitoring amalga oshirilmoqda.
Energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida T-7 kuch transformatorida ham muhim ishlari olib borilmoqda. Xususan, mavjud uskunalar yangi tipdagi 220 kV li kiritkichlarga almashtirilib, transformatorda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Bu esa transformatorning ishonchliligini oshirib, mavsum davomida uzluksiz energiya ta’minotini kafolatlaydi.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве