Home / “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari tomonidan Muborak IEM korxonasida yong‘in ogohlantirish va ovozli signal berish qurilmalari tizimlari profilaktik nazoratdan o‘tkazildi.
23 Fev, 2026
Posted by admin
0 comment
“O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari tomonidan Muborak IEM korxonasida yong‘in ogohlantirish va ovozli signal berish qurilmalari tizimlari profilaktik nazoratdan o‘tkazildi.
Nazorat jarayonida ogohlantirish panellari, ovoz kuchaytirgichlar, karnay va signal uzatish liniyalarining texnik holati tekshirildi.
Tizimlarning ishga tushish tezligi, ovoz sifati hamda barcha ishlab chiqarish obyektlari va ma’muriy binolarga yetib borish darajasi sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, elektr ta’minoti va zaxira manbalari holati ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilib, qurilmalar soz holatga keltirildi.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве