Home / 📋O‘zenergosozlash: qator xalqaro standartlar sertifikatlari qo‘lga kiritildi
05 May, 2026
Posted by admin
0 comment
📋O‘zenergosozlash: qator xalqaro standartlar sertifikatlari qo‘lga kiritildi
✅“O‘zenergosozlash” MChJ xalqaro sertifikatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tib, bir qator ISO standartlarini amaliyotga joriy etdi. Mazkur yutuq korxonada ichki boshqaruv jarayonlari samarali yo‘lga qo‘yilgani hamda kompaniya barqaror rivojlanish va doimiy takomillashuvga intilayotganini ko‘rsatadi.
Jamiyatda boshqaruv tizimini takomillashtirish doirasida quyidagi xalqaro standartlar joriy etildi:
– ISO 9001 (sifat menejmenti) – xizmat va mahsulotlar sifatini oshirish, mijozlar qoniqishini ta’minlashga qaratilgan;
– ISO 14001 (ekologik menejment) – atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik mas’uliyatni kuchaytiradi;
– ISO 45001 (mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi) – xodimlar uchun xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlaydi.
Standartlarni joriy etish jarayonida korxona rahbarlari hamda muhandis-texnik xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi. Ularda ishtirok etgan mutaxassislar xalqaro talablar asosida ishlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirib, tegishli sertifikatlarga ega bo‘ldilar.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, xalqaro sertifikatlarning olinishi “O‘zenergosozlash” MCHJ uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Jumladan, kompaniyaning xalqaro bozorga chiqishi, xorijiy hamkorlar bilan uzoq muddatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishiga zamin yaratadi.
Kompaniya kelgusida ham ilg‘or jahon tajribalarini joriy etib, o‘z faoliyatida ishonchlilik, mas’uliyat va yuqori professionallik tamoyillariga tayanib ish olib borishni rejalashtirmoqda.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве