Home / Angren IESda elektr uskunalarining ishonchliligi doimiy nazoratda
18 May, 2026
Posted by admin
0 comment
Angren IESda elektr uskunalarining ishonchliligi doimiy nazoratda
Korxonada elektr energiyasi ishlab chiqarishi barqarorligini ta’minlash maqsadida uskunalar holati bo‘yicha rejali texnik ko‘rik va nazorat ishlari muntazam amalga oshirilmoqda.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari hamkorligida korxonada o‘rnatilgan 110–220 kV kuchlanishli elektr uskunalari, kommutatsiya qurilmalari hamda kuch transformatorlarida kompleks profilaktik texnik ko‘rik amalga oshirildi.
Ko‘rik davomida kiritgichlar, kontakt birikmalari hamda himoya vositalarining texnik holati sinchkovlik bilan o‘rganildi. Mutaxassislar tomonidan qizish holatlari yoki boshqa turdagi nosozliklar aniqlanmadi.
Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi – stansiya uskunalarining barqaror va ishonchli ish rejimini saqlash, avariyaviy holatlarning oldini olish va iste’molchilarni uzluksiz energiya bilan ta’minlashdir.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве