Home / Darmon servis klinikasida korxona xodimlari uchun navbatdagi davriy tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
19 May, 2026
Posted by admin
0 comment
Darmon servis klinikasida korxona xodimlari uchun navbatdagi davriy tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tibbiy ko‘rik davomida jami 62 nafar xodim malakali mutaxassislar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. Jumladan, terapevt, okulist, nevropatolog, profpatolog, LOR hamda ginekolog shifokorlari tomonidan xodimlarning sog‘lig‘i tekshirildi. Shuningdek, umumiy qon tahlili olinib, flyuorografiya tekshiruvlari ham amalga oshirildi.
Mazkur tibbiy ko‘rikdan ko‘zlangan asosiy maqsad xodimlar salomatligini muntazam nazorat qilish, kasb bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish hamda sog‘lom va xavfsiz mehnat muhitini ta’minlashdan iboratdir.
Korxonada xodimlar salomatligini muhofaza qilish va mehnat muhofazasi talablariga rioya etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве