Home / 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan jamiyatda bayram tadbiri tashkil etildi
26 May, 2026
Posted by admin
0 comment
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan jamiyatda bayram tadbiri tashkil etildi
Mazkur sana dunyo bo‘ylab bolalarga e’tibor, ularning huquqlari va farovonligini ta’minlashga qaratilgan muhim kun sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan “O‘zenergosozlash” MChJda faoliyat yuritayotgan xodimlarning farzandlari uchun ham alohida bayramona tadbir o‘tkazildi.
Tadbir davomida bolajonlar samimiy tabriklanib, ularga quvonch va yaxshi kayfiyat ulashildi. Shuningdek, ularga shirinliklar tarqatilib, esdalik sovg‘alari topshirildi. Bolalar uchun yaratilgan bu iliq muhit ularning bayramni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishiga xizmat qiladi.
Tashkil etilgan ushbu tadbir jamiyat xodimlari oilalariga e’tibor va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, bolalarning baxtli va sog‘lom ulg‘ayishiga bo‘lgan e’tiborning ifodasi bo‘ldi.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве