O'zenergosozlash

26 May, 2026
Posted by admin
0 comment

“O‘zenergosozlash” MChJda ishlab chiqarish jarayonlari barqarorligi va uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida reja asosida texnik nazorat hamda profilaktik ishlar olib borilmoqda.

“Taxiatosh IES” 2-bug‘-gaz qurilmasi kapital inspeksiyasi doirasida korxonaning tegishli sex va bo‘limlari tomonidan qator texnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Metrologiya va asboblarni ta’mirlash sexi mutaxassislari issiqlik o‘lchov vositalarini qiyoslash ishlarini bajarmoqda. Bu o‘lchov asboblarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

Shuningdek, Metallar va bug‘ quvurlari sexi tomonidan bug‘ quvurlarining tayanch-osma tizimlari tekshirilib, sozlanmoqda. Mazkur ishlar quvurlarning texnik holatini nazorat qilish va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

Bundan tashqari, Releli himoya va avtomatika bo‘limi tomonidan VAZP va AKB qurilmalari tekshirilib, sozlanmoqda. Bu elektr jihozlari himoya tizimlarining barqaror ishlashi va favqulodda holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Korxonada olib borilayotgan texnik tadbirlar uskunalarning xizmat muddatini uzaytirish, ishlab chiqarishdagi uzilishlarning oldini olish hamda xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Контакты

Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве

Связаться

Время работы

ЗАКАЗАТЬ ЗВОНОК

Вам перезвонят в самое ближайшее время