Home / Muborak IEM korxonasida bino va inshootlarning texnik holati o‘rganilmoqda
10 Iyul, 2026
Posted by admin
0 comment
Muborak IEM korxonasida bino va inshootlarning texnik holati o‘rganilmoqda
“Muborak IEM” filialida ishlab chiqarish obyektlarining xavfsiz va ishonchli ekspluatatsiyasini ta’minlash maqsadida bino va inshootlarning texnik holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur ishlar “O‘zenergosozlash” mutaxassislari tomonidan amalga oshirilmoqda. Jarayon davomida bino va inshootlarning konstruktiv holati, yuk ko‘tarish qobiliyati hamda ekspluatatsiya jarayonidagi texnik ko‘rsatkichlari amaldagi me’yoriy talablar asosida baholanmoqda.
Bunday texnik ko‘riklar obyektlarning mustahkamligi va ishonchliligini aniqlash, ularning uzoq muddat davomida xavfsiz ekspluatatsiya qilinishini ta’minlash hamda zarur ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве