Home / Toshkent IESning 8-energoblokida generatorni sinxron kompensator rejimida ishlashga tayyorlash bo‘yicha rejalashtirilgan texnik ishlar izchil davom etmoqda
16 Iyul, 2026
Posted by admin
0 comment
Toshkent IESning 8-energoblokida generatorni sinxron kompensator rejimida ishlashga tayyorlash bo‘yicha rejalashtirilgan texnik ishlar izchil davom etmoqda
Ishlar doirasida generator podshipniklarida reviziya ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, sozlash va nazorat apparatlarining texnik holati tekshirilib, zarur sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, jazirama issiq ob-havoga qaramay, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, energetika uskunalarining ishonchliligi hamda tejamkorligini oshirish maqsadida “O‘zenergosozlash” MChJ Issiqlik kuchlanish sexi mutaxassislari tomonidan Toshkent IES energobloklarida olib borilayotgan ta’mirlash ishlariga texnik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.
Mazkur tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, generatorning barqaror va ishonchli ishlashini ta’minlash hamda mamlakat energetika tizimi ishonchliligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Контакты
Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве