O'zenergosozlash

27 Iyul, 2026
Posted by admin
0 comment

#IESwomen: Obyektivda – Olga Pak

“Har qanday korxonaning barqaror rivojlanishida moliyaviy intizom va aniq hisob-kitob muhim o‘rin tutadi. Buxgalteriya – bu shunchaki raqamlar emas, balki korxona faoliyatining ishonchli tayanchi. O‘z kasbimni sevaman va har bir vazifani mas’uliyat bilan bajarishga intilaman”, – deydi #IESwomen loyihasining navbatdagi mehmoni,“O‘zenergosozlash” MChJ bosh buxgalteri o‘rinbosari Pak Olga Leontevna.

– Sahifangiz ayollarga bag‘ishlangan ekan, avvalo ularga murojaat qilmoqchiman. Ayol – oilaning tayanchi, mehr va ezgulik manbai. Oiladagi muhit, farzandlar tarbiyasi va xonadondagi totuvlik ko‘p jihatdan ayolning sabr-qanoati, donoligi va mehribonligiga bog‘liq. Shu bilan birga, zamonaviy ayol nafaqat oilada, balki jamiyat va mehnat jamoasida ham o‘z o‘rniga ega bo‘lishi kerak.

Olga Leontevnaning ta’kidlashicha, ayollar o‘z salomatligi, ruhiy xotirjamligi va bilimini muntazam rivojlantirib borishga alohida e’tibor qaratishlari zarur. Chunki sog‘lom va baxtli inson har qanday ishni yuqori kayfiyat va mas’uliyat bilan bajaradi.

– Men uchun baxt – yaqinlarimning sog‘-salomatligi, oilamdagi mehr-oqibat va qilayotgan mehnatimning samarasini ko‘rishdir. Inson o‘z ishini sidqidildan bajarsa, albatta buning natijasini ko‘radi. Har bir yangi kun yangi imkoniyatlarni olib keladi.

– Ish kunimni eng muhim vazifalarni belgilab olishdan boshlayman. Buxgalteriya sohasida aniqlik, mas’uliyat va tartib eng muhim tamoyillardir. Har bir hujjat, har bir hisob-kitob o‘z vaqtida va xatosiz bajarilishi zarur. Bugungi kunda raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalar ishimizni yanada samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda. Doimo yangi bilimlarni o‘rganish va o‘z ustida ishlash esa kasbiy rivojlanishning ajralmas qismidir.

Контакты

Отправьте сообщение с вопросом или предложением о сотрудничестве

Связаться

Время работы

ЗАКАЗАТЬ ЗВОНОК

Вам перезвонят в самое ближайшее время