Issiqlik elektr stansiyalarida kimyoviy rejimga qatiy rioya qilish qimmatbaho qurilmalar va jihozlarning korroziya, qasmoq va cho‘kmalardan talab darajasida himoyalanishini ta’minlashga qaratilgandir. To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasida, shu maqsadda, stansiyaning kimyoviy nazorat avtomatlashtirilgan tizimi orqali suv, bug‘ va issiqlik tashuvchilarning sifati uzluksiz nazorat qilib boriladi.
Xususan, kuni kecha stansiya kimyo sexi mutaxassislari tomonidan “O‘zenergosozlash” korxonasi suv-kimyo sexi xodimi ishtirokida korxonada kimyoviy rejimga rioya etilishi bo‘yicha birgalikdagi kimyoviy-texnologik monitoring o‘tkazildi.
“Muborak IEM” filialining ochiq taqsimlash qurilmalarida “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari tomonidan 63 000 kVA quvvatli T-2 kuch transformatorida olib borilgan joriy ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.
Ta’mirlash jarayonida transformator moylari qayta tozalanib, nuqsonli kiritgichlar yangilariga almashtirildi.е.
Ishlar belgilangan texnik talablar asosida, malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshirildi.
Bu T-2 kuch transformatorining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash hamda elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayoni uzluksizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
“O‘zenergosozlash” MCHJ mutaxassislari tomonidan “Tolimarjon IES” korxonasida elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonining texnik barqarorligi va sifat ko‘rsatkichlarini baholash maqsadida maxsus texnik o‘rganish hamda nazorat-o‘lchov ishlari amalga oshirildi.
“O‘zenergosozlash” MChJ Metallar va bug‘ quvurlari sexi mutaxassislari tomonidan Navoiy issiqlik elektr stansiyasidagi 478 MW quvvatga ega 1-son bug‘-gaz qurilmasi quvur tizimlariga tegishli tayanch-osma konstruksiyalarning texnik holati ko‘zdan kechirildi.
Texnik ko‘rik davomida tayanch va osma tizimlarning holati, quvur liniyalarining joylashuvi, mahkamlash elementlari hamda konstruksiyalarning ishga yaroqliligi o‘rganildi.
Aniqlangan holatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va tizimlarning ishonchli ishlashini ta’minlash yuzasidan tegishli texnik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur ko‘rik ishlari quvur tizimlarining xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.