“Taxiatosh IES” AJda mavjud kuch transformatorlarining yuqori kuchlanishli kiritkich uskunalarini yangilash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur ishlar “Taxiatosh IES” AJ hamda “O‘zbekenergota’mir” AJ va “O‘zbekenergosozlash” MChJ mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi.
Natijada transformatorlar kuz-qish mavsumiga to‘liq shay holatga keltirildi.
Ushbu modernizatsiya stansiyada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ishonchli va barqaror uzatishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.