Ishlab chiqarish sohasida xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning xavfsiz va samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur vositalar bilan ta’minlash muhim ustuvorliklardan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, “O‘zenergosozlash” MChJ tomonidan ham ishchi-xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilmoqda.
Bundan tashqari, elektr stansiyalarida xodimlarning tezkor va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida ular xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradigan maxsus xizmat kiyimlari bilan ta’minlanmoqda.
Xususan, korxonaning muhandis-texnik xodimlari yangi va zamonaviy xizmat formalari bilan ta’minlandi.