Elektr stansiyalarida energoqurilmalarning samaradorligi va ishonchliligini oshirish maqsadida “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari Sirdaryo va Toshkent IES mutaxassislari bilan birgalikda amaliy ishlar olib bormoqdalar.
Xususan, Sirdaryo IESda qozonxonalarning tutun so‘rish va havo purkash mexanizmlarini sinash va sozlash ishlari bajarilmoqda.
Bu orqali o‘z ehtiyojlari uchun sarflanadigan elektr energiyasini kamaytirish va qurilmalarning tejamkor ishlashini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Toshkent IES 3-energoblokida o‘rta ta’mirlash doirasida asosiy va yordamchi uskunalarda tekshirish natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda.
Bu kabi amaliy ishlar uskunalarning ishonchli ishlashi va elektr energiyasi ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.