В частности, специалистами ООО «Узэнергосозлаш» в соответствии с планом-графиком, утвержденным АО «Тепловые электрические станции», проведены работы по измерению и оценке качественных показателей электроэнергии на шинах системы 6/35/100 кВ филиала «Ферганской ТЭЦ».
Основная цель этих работ — производство качественной и устойчивой электроэнергии и достижение эффективности при ее доставке потребителям.
Xususan, elektr stansiyalar va markazlarining ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko‘rsatuvchi korxona – “O‘zenergosozlash” MChJ xodimlari ham ko‘chat ekish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqdalar.
Bugun, korxona rahbariyati va ishchi-xodimlari tomonidan Toshkent issiqlik elektr markazining bo‘sh yer maydonlariga ezgu niyatlar bilan ko‘chatlar yerga qadaldi.
Jumladan, “yashil” hududlarni kengaytirishga qaratilgan ishlarda energetiklar tomonidan 300 tup manzarali shamshod ko‘chatlari o‘tqazildi.
Kuni kecha “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari bilan hamkorlikda 110/220/500 kV kuchlanishli ochiq taqsimlash qurilmalarida teplovizor orqali nazorat tekshiruvlari o‘tkazildi,
Jarayon davomida tok o‘tkazgichlaridagi qarshiliklar o‘lchab chiqildi, shliflarda uzilish, o‘tkazgichlarning ulanish joylarida qizish holatlari o‘rganildi. Teplovizor orqali aniqlangan nosozliklar o‘z vaqtida bartaraf etildi.
Shuningdek, elegazli uzib-ulagichlar, ularning ustunlari izolyatorlarida ham kerakli tadbirlar amalga oshirildi.
“Navoiy IES” AJ ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash, elektr qurilmalarining ishonchli ishlashiga qaratilgan choralar olib borilmoqda.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ elektr sexi mutaxassislari stansiyaning T-8 kuch transformatori hamda 220 kV quvvatga ega ochiq taqsimlash qurilmasida jismonan va ma’nan eskirgan kiritkichlarni yangi, zamonaviysiga almashtirish va ularning elektr sinovlarini o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu ishlardan ko‘zlangan maqsad – kuch transformatorlari va ochiq taqsimlash qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldini olishdan iborat.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJ loyihalash, geodeziya va maxsus ishlar sexi mutaxassislari tomonidan markaz bino va inshootlari poydevorlari joriy holati nazoratdan o‘tkazilmoqda.
Bunda energoqurilmalarga tegishli bino va inshootlarning texnik holatini baholash, shikastlanish va deformatsiya holatlarining kelib chiqishi sabablari, ekspluatatsion yaroqlilik darajasi aniqlanmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, geodeziya monitoringgi favqulodda avariyaviy holatlarning oldini olishga va ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlashga qaratilgan.
Issiqlik elektr stansiyalari va markazlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish obyektlarining xavfsiz va mustahkam bo‘lishi eng asosiy qoidalardan biri hisoblanadi.
Buning uchun obyektlar mustahkamligi va texnik ishchi holatini doimiy nazoratdan o‘tkazish talab etiladi.
Shunga ko’ra, “O‘zenergosozlash” MChJ loyihalash, geodeziya va maxsus ishlar sexi mutaxassislari tomonidan “Tolimarjon IES” hamda “Angren IES” bino va inshootlarining texnik holati va mustahkamligini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borildi.
Amalga oshirilgan ishlardan maqsad – muhim energoobyektlarning barqaror, mustahkam va betalofat ishlashini ta’minlashdan iborat.
Aholiga sifatli va uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida elektr stansiyalarida nazorat va sozlash tadbirlari muntazamligi ta’minlangan. “O‘zenergosozlash” MCHJ xodimlari ham reja-jadval asosida elektr stansiyalaridagi asosiy va yordamchi qurilmalarda texnik ko‘rik ishlarini olib borishyapti.
Jumladan, “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari “Farg’ona IEM” ning 4-sonli turboagregatining yuqori bosimdagi bug’ quvurlarini issiqlikdan siljishi hamda tayanch osma tizimlari ko‘zdan kechirilib, sozlash ishlari olib borildi.
Ushbu ishlardan ko’zlangan asosiy maqsad turboagregatining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlagan holda aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berishdan iborat.
Xususan, sex ishchi guruhi Taxiatosh IESning 560 MVt quvvatga ega ikkita bug‘-gaz qurilmasida bir qator kimyoviy tahlillarni amalga oshirdi.
Xususan, barabanli qozonlarning funksional issiqlik va kimyoviy sinovlari, qozon va kondensat-ozuqa traktining suv rejimini tekshirish va kimyoviy tahlillarni o‘tkazish hamda eritmadagi element yoki ion tarkibini aniqlash kabi muhim ishlar olib borildi.
Maqsad — bug‘-gaz qurilmalarining uzoq muddat betalofat va ishonchli ishlashini ta’mindan iboratdir.