“O‘zenergosozlash” MChJ Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan ishchi-xodimlarning dam olish kunlarida bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yurtim tarixini o‘rganaman” va “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” shiorlari ostida Jizzax viloyatining Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ishchi-xodimlar Zomin milliy bog‘iga tashrif buyurib, u yerdagi archa o‘rmonlari, ko‘rkam tog‘ tizmalari, musaffo daryolar va sharsharalar bilan yaqindan tanishdilar..
Tashrif davomida — uzunligi 305 metr, balandligi 150 metr bo‘lgan osma ko‘prik ham ishchi-xodimlarni katta qiziqish bilan o‘ziga jalb etdi.
Tabiat qo‘ynidagi huzurbaxsh manzaralar sayohatchilarda iliq va unutilmas taassurot qoldirdi.