Oylik doirasida Jamiyat ishchi xodimlari tomonidan nazariy hamda amaliy o‘quv-mashg‘ulotlar olib borildi.
Jumladan, “O‘zenergosozlash” MChJ rahbariyati tomonidan xavfsizlik texnikasi oyligida ko‘rsatgan yuqori natijalari va faol ishtiroki uchun bo‘linmalar e’tirof etildi.
Oylik doirasida faol ishtirok etgan jamoalar natijasiga ko‘ra:
Elektr jarayonlarini avtomatlashtirish va rostlash sexi jamoasi – 1-o‘rin;
Suv kimyo sexi jamoasi – 2-o‘rin;
Metrologiya va asboblarni ta’mirlash sexi jamoasi – 3-o‘rinni egalladi.
“O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari tomonidan korxonaning qozon turbinasi sexiga qarashli bosim va harorat o‘lchov vositalarining belgilangan standart talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.