“O‘zenergosozlash” MCHJ metrologiya xizmati mutaxassislari tomonidan “Angren IES” AJda navbatdagi nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlar doirasida elektr o‘lchov vositalari navbatdagi texnik qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazilmoqda. Bu jarayon energetika uskunalarining aniq va barqaror ishlashini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ishlar energiya samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash hamda iste’molchilarga barqaror xizmat ko‘rsatishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.