Oliy ta’limni yakunlagach, bolalikdan qiziqqan soha – energetika tizimida ish boshlash baxtiga muyassar bo‘ldim. Ishning dastlabki kunlarida zamonaviy uskunalarni boshqarish og‘ir va murakkabdek tuyulgandi. Biroq tajribali ustozlarimning yordami, amaliy ko‘magi va qo‘llab-quvvatlovi tufayli bu qiyinchiliklar ortda qoldi, – deydi Ashirali.