Ishlab chiqarish jarayoni uzluksizlligini ta’minlashda – har bir energoqurilmaning ishchi holatini doimiy nazorat qilish muhim hisoblanadi.
Xususan, “O‘zenergosozlash” MChJning elektr quvvati sexi mutaxassislari Angren IESning 35/220 kV kuchlanishga ega ochiq taqsimlash qurilmalari hamda 35/220 kV kuch transformatorlarini nazorat ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Amalga oshirilgan ishlardan maqsad – elektr uzatish qurilmalarining ishonchli ishlashini ta’minlashdir.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur nazorat-ko‘rik tadbirlari favqulodda avariyaviy o‘chishlarning va elektr energiyasi yetkazilishida uzilishlarning oldini olishga qaratilgan.