Xususan, korxonada “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari hamkorligida elektr energiyasi hisobini yurituvchi elektron hisoblagichlar navbatdagi rejaviy tekshiruvdan o‘tkazildi.
Mazkur jarayon hisoblagichlarning texnik holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish, ularning ko‘rsatkichlarining aniqligi va ishonchliligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bu kuz–qish mavsumida elektr energiyasi sarfi va taqsimotini to‘liq hamda xatosiz yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday rejali ishlar korxona energouskunalarining uzluksiz va samarali faoliyat yuritishini, shuningdek, iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini kafolatlashga xizmat qiladi.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, tizim korxonalarida mehnat qilayotgan xodimlar uchun behatar mehnat sharoitlarini yaratish, maxsus kiyim, jamoaviy va yakka tartibda qo‘llaniladigan himoya anjomlari hamda profilaktika vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ markaziy apparati, filiallari va tizim korxonalarida bayram tadbirlari keng nishonlanmoqda.
“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlarda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning kelajagi uchun amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Toshkent IEM, Angren IES, Farg‘ona IEM va “O‘zenergosozlash” MChJda faoliyat yuritayotgan xodimlarning bu yil ilk bor maktabga qadam qo‘yayotgan farzandlariga o‘quv qurollari jamlanmasi va esdalik sovg‘alari topshirildi..
Mazkur tashabbuslar xodimlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash, bolalarga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida olib borilmoqda.