“O‘zenergosozlash” rahbariyati va korxona kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda korxonaning bir guruh xodimlari uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan so‘lim maskanlarda dam olish tashkil etilmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning xo‘jalik samaradorligi va ishchanlik kayfiyatini yanada oshirishdir.