1989-yil 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sana bo‘lib, ushbu kun mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan “Taxiatosh IES” AJ va “O‘zenergosozlash” MChJda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga ona tilimizning tarixiy ahamiyati, uning davlat tili maqomini olgunga qadar bosib o‘tgan yo‘li va bu jarayondagi muhim sa’y-harakatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xodimlar o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida diktant yozish musobaqasida qatnashdilar. Musobaqa g‘oliblariga diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar ona tilimizga bo‘lgan mehr va e’tiborni yanada kuchaytirish, uni asrab-avaylash hamda yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish zarurligini ta’kidladilar.