“Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJda TSR-3 va T-8 rusumli 220 kVli kuch transformatorlarining yuqori kuchlanishli kiritkich uskunalarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda transformatorlarning yangi kiritkichlarini o‘rnatish ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Mazkur jarayon “Taxiatosh IES” AJ hamda “O‘zbekenergota’mir” AJ va “O‘zbekenergosozlash” MChJ mutaxassislari hamkorligida olib borilmoqda.
Ushbu modernizatsiya ishlari stansiyada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ishonchli va barqaror uzatishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.