“O‘zenergosozlash” MChJ Loyiha, geodeziya va maxsus ishlar sexi mutaxassislari tomonidan elektr stansiyalari energoqurilmalarining texnik holati muntazam ravishda nazorat qilib borilmoqda.
Ayni paytda mutaxassislar tomonidan Toshkent IEMda joylashgan, 1-sonli bug‘-gaz qurilmalari poydevorida cho‘kish holatlari mavjud emasligi yuzasidan o‘rganish va aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu muhim texnik tadbir har uch oyda bir marotaba, maxsus geodezik uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Undan ko‘zlangan maqsad — energetika obyektlarining poydevori mustahkamligi, konstruktiv barqarorligi hamda xavfsiz ishlashini kafolatlashdir.