“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ tizimida xavfsiz ish jarayonlarini ta’minlash, xodimlarning mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish maqsadida iyun oyida xavfsizlik texnikasi ko‘rik-oyligi o‘tkazilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida “O‘zenergosozlash” MChJ bo‘linmalarida tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq xavfsizlik texnikasi bo‘yicha test sinovlari o‘tkazilib, xodimlarning bilim va malakasi baholandi.