Ko‘rik oyligi davomida mehnatni muhofaza qilish, sanoat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, ish joylarida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash borasida faol ishtirok etgan jamoalar korxona rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.
O‘tkazilgan ko‘rik natijalariga ko‘ra, yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan hamda faol ishtirok etgan quyidagi jamoalar g‘olib deb topildi:
1-o‘rin – Issiqlik kuchlanish sexi jamoasi; 2-o‘rin – Metallar va bug‘ quvurlari sexi jamoasi; 3-o‘rin – Ma’muriy xo‘jalik va ta’minot bo‘limi jamoasi.