Konstitutsiya kuni oldidan energetika tizimi tashkilotlarida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ochiq suhbatlar tashkil etilmoqda. Jumladan, “Angren IES” AJ va “O‘znergosozlash” MChJda “Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida ma’rifat soati hamda maxsus chellenj o‘tkazildi.
Tadbirlarda xodimlarning konstitutsion bilimlarini mustahkamlash, fuqarolik ongini yuksaltirish, shuningdek, Asosiy qonunning jamiyat va davlat hayotidagi o‘rnini keng targ‘ib etishga qaratilgan turli interaktiv mashg‘ulotlar amalga oshirildi.
Shu maqsadda “O‘zenergosozlash” MChJ mutaxassislari ishtirokida qozon-turbinasi sexida bosim va harorat o‘lchov vositalarining navbatdagi texnik ko‘rigi amalga oshirildi.
Tekshiruvlar davomida uskunalarning amaldagi standart me’yorlariga muvofiqligi sinchiklab o‘rganildi.
Aniqlangan ayrim kamchiliklar bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalariga muvofiq bartaraf etish ishlari boshlab yuborildi.
Mazkur ishlar qish mavsumida o‘lchov vositalarining aniq va benuqson ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish sohasida xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning xavfsiz va samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur vositalar bilan ta’minlash muhim ustuvorliklardan biri hisoblanadi.
Shu munosabat bilan, “O‘zenergosozlash” MChJ tomonidan ham ishchi-xodimlar uchun qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilmoqda.
Bundan tashqari, elektr stansiyalarida xodimlarning tezkor va samarali ishlashini ta’minlash maqsadida ular xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradigan maxsus xizmat kiyimlari bilan ta’minlanmoqda.
Xususan, korxonaning muhandis-texnik xodimlari yangi va zamonaviy xizmat formalari bilan ta’minlandi.
Xususan, Taxiatosh IES gidrotexnika sexining betonli o‘zan kiruvchi kanalining loy va cho‘kindilardan tozalash ishlaridan keyingi holati ko‘zdan kechirildi.
Bu ishlardan ko‘zlangan maqsad – texnik me’yorlardan tashqari holatlar, xususan cho‘kishlarning oldini olish va mustahkamlikni ta’minlash hamda sirkulyatsion suv ta’minoti tizimi samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Ushbu ishlar energobloklarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli favqulodda holatlarning oldini olish va bir maromda ishlashiga xizmat qiladi.
“Taxiatosh IES” AJda mavjud kuch transformatorlarining yuqori kuchlanishli kiritkich uskunalarini yangilash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Mazkur ishlar “Taxiatosh IES” AJ hamda “O‘zbekenergota’mir” AJ va “O‘zbekenergosozlash” MChJ mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi.
Natijada transformatorlar kuz-qish mavsumiga to‘liq shay holatga keltirildi.
Ushbu modernizatsiya stansiyada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ishonchli va barqaror uzatishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi” AJda TSR-3 va T-8 rusumli 220 kVli kuch transformatorlarining yuqori kuchlanishli kiritkich uskunalarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.
Hozirda transformatorlarning yangi kiritkichlarini o‘rnatish ishlari yakuniy bosqichga kirgan. Mazkur jarayon “Taxiatosh IES” AJ hamda “O‘zbekenergota’mir” AJ va “O‘zbekenergosozlash” MChJ mutaxassislari hamkorligida olib borilmoqda.
Ushbu modernizatsiya ishlari stansiyada ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini yuqori kuchlanishli tarmoqlarga ishonchli va barqaror uzatishni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Energiya ishlab chiqarish barqarorligini ta’minlash va mavjud uskunalarning ishonchli ishlashini ta’minlash maqsadida mazkur jarayonlarga “O‘zenergosozlash” MChJ malakali mutaxassislari ham jalb etilgan.
Hozirda Muborak issiqlik elektr markazida (IEM) akkumulyator batareyalari (AB-1,2,3) va VAZP uskunalarining ishchanligi, texnik holati hamda belgilangan me’yorlarga muvofiqligi chuqur tahlil qilinmoqda.
Mutaxassislar tomonidan olib borilayotgan o‘lchov va diagnostika ishlari asosida uskunalarning texnik sozligi, ko‘rsatkichlar aniqligi va xavfsizlik talablari bo‘yicha holati baholanmoqda.
Mazkur tadbirlar issiqlik elektr stansiyalarining kuz–qish mavsumida barqaror va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
1989-yil 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan tarixiy sana bo‘lib, ushbu kun mamlakatimizda har yili keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan “Taxiatosh IES” AJ va “O‘zenergosozlash” MChJda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga ona tilimizning tarixiy ahamiyati, uning davlat tili maqomini olgunga qadar bosib o‘tgan yo‘li va bu jarayondagi muhim sa’y-harakatlar haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, xodimlar o‘zbek tili bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida diktant yozish musobaqasida qatnashdilar. Musobaqa g‘oliblariga diplomlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar ona tilimizga bo‘lgan mehr va e’tiborni yanada kuchaytirish, uni asrab-avaylash hamda yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish zarurligini ta’kidladilar.
Kuz-qish mavsumida energiya ta’minotida barqarorlikni ta’minlash maqsadida Navoiy IES 4-sonli energoblokida o‘rta ta’mirlash ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, blok generatorining himoya qilish qurilmalari “O‘zenergosozlash” mutaxassislari tomonidan belgilangan talablar asosida to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. (https://tpp.uz/oz/news/2025-2026-yillar-kuz-qish-mavsumiga-tayyorgarlik-ishlari-jadal-davom-etmoqda)
Ushbu ishlar har 3 yilda bir marta to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, asosiy maqsad — energoblokning uzluksiz va ishonchli faoliyatini ta’minlashdir.
Shu bilan birga, energoblokning qozon qurilmasida bajarilgan ta’mirlash va sozlash ishlari kompleks nazoratga olingan. Ishchi-guruh tomonidan qurilmaning texnik holati va sozligini ta’minlash yuzasidan doimiy monitoring amalga oshirilmoqda.
Energotizimning barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida T-7 kuch transformatorida ham muhim ishlari olib borilmoqda. Xususan, mavjud uskunalar yangi tipdagi 220 kV li kiritkichlarga almashtirilib, transformatorda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda. Bu esa transformatorning ishonchliligini oshirib, mavsum davomida uzluksiz energiya ta’minotini kafolatlaydi.
“O‘zenergosozlash” rahbariyati va korxona kasaba uyushmasi tomonidan ishchi-xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan ishlar izchil amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda korxonaning bir guruh xodimlari uchun Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan so‘lim maskanlarda dam olish tashkil etilmoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning xo‘jalik samaradorligi va ishchanlik kayfiyatini yanada oshirishdir.